Namangan — Chelyabinsk: Hamkorlik yanada kengayadi

16:23 19 May 2018 Iqtisodiyot
1742 0
Foto: regar.tv

Namanganliklarning o‘tgan yil mart oyida Chelyabinskka safari chog‘ida ikki viloyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlariga poydevor qo‘yilgandi. O‘shanda 67 million AQSh dollari miqdoriga teng sanoat, 26,2 million AQSh dollari hajmida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar imzolangan edi.

Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy rahbarligida mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya ishtirokida Namangan shahrida hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan biznes forumi tashkil etildi.

— To‘qimachilik sanoati sohasi bizni qiziqtirmoqda, — deydi “Rossiya ishbilarmonlari” jamiyatining Chelyabinsk viloyati bo‘limi yengil sanoat qo‘mitasi raisi Sergey Sirenko. — Imkoniyatdan foydalanib, “Popfen”, “Namimpekstekstil” singari korxonalar hamda bir qator hunarmandlar bilan o‘zaro shartnomalar imzoladik.

“Janubiy Ural — Rossiyaning ko‘hna va navqiron o‘lkasi” ko‘rgazmasida Chelyabinsk tasviriy san’at hamda fotorassomlarining ijod namunalari namoyish qilindi. “Barkamol avlod” sport majmuasida har ikki viloyat bokschilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Mehmonlar, shuningdek, viloyatning ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohasidagi salohiyati bilan ham yaqindan tanishib, sayyohlik manzillari bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni belgilab olishdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
«Xalq so‘zi» muxbiri.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер