Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman va viloyat tashkilot, korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tanqid va tahlil ruhida o‘tgan sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari chuqur tahlil etildi. Amaldagi islohotlar samaradorligini oshirish, barcha soha va tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlashga doir dolzarb vazifalar belgilandi.
Viloyatdagi muxbirimiz Ilhom Rahmatovning bizga ma’lum qilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Xolmurodov Jovli Normurodovich tuman xokimi vazifasidan ozod etildi. Uning vazifasidan ozod etilishi boshqa ishga o‘tayotgani bilan izohlangan.
Tuman hokimi etib esa shu paytgacha “O‘zdonmahsulot” AJ raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Alimov Erkin Jo‘rayevich tayinlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring