Mutaxassislar Oʻzbekistonning qaysi hududlarida eng koʻp maosh toʻlanishini aytdi
2024-yilning yanvar mart oylarida eng yuqori oʻrtacha oylik nominal ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi – 8,1 million soʻm. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida aytildi.
Navoiy (6,5 million soʻm), Toshkent (4,7 million soʻm), Andijon (4,3 million soʻm) viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda (4 million soʻm) ham yaxshi natijalar qayd etildi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida past koʻrsatkichlar qayd etilgan – 3,5 million soʻm.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring