Mutaxassislar “GTA Online” oʻyinida aniqlangan zaiflik tufayli, oʻyinga vaqtincha kirmaslikni tavsiya etishmoqda
“Grand Theft Auto” onlayn oʻyinida zaifliklar aniqlanib, xakerlar ular orqali qurilmaga zararli havola oʻrnatishlari mumkin.
Zaiflik oʻyinchilar akkauntlari oʻchib ketishi, mablagʻlari oʻgʻirlanishi va shunga oʻxshash bir qancha muammolar keltirib chiqarayotgani maʼlum boʻlgan.
Mutaxassislar oʻyin foydalanuvchilariga vaqtinchalik kirmaslikni maslahat bermoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring