Mutaxassis: “Tibbiy niqoblar koronavirusdan himoya qilmaydi!”

23:16 02 Mart 2020 Dunyo
2341 0

Foto: www.google.com

Tibbiy niqoblar virusdan yetarli darajada himoya qilmaydi. Koronavirusdan himoyalanish uchun qoʻlingizni sovun bilan yuvish kifoya, deydi bugun, 2-mart kuni Berlinda boʻlib oʻtgan brifingda soʻzga chiqqan Charite Berlin klinikasi rahbari Petra Gastmayer.

“Qoʻlingizni sovun bilan yaxshilab yuvishning oʻzi virusni daf qilish uchun yetarli. Albatta, suv topish imkoni boʻlmagan vaqtda yoki safar paytida, antiseptik vositalarni olib yurish kerak. Niqoblar esa yordam bermaydi, bu kasallik keng tarqalgan Xitoy va Yaponiyada tasdiqlandi“, deydi Gastmayer.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, tibbiyot xodimlariga niqoblar kerak, chunki ular bemorlar bilan aloqa qilishda oʻzlarini himoya qilishi lozim. Ammo barcha odamlarning niqoblarda yurishidan maʼni yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер