Mutaxassis koronavirusning uchinchi toʻlqinidan ogohlantirdi

22:55 12 Avgust 2020 Dunyo
1002 0

Koronavirus pandemiyasi, umuman, barcha virusli epidemiyalar kabi, uchinchi toʻlqinni boshdan kechiradi.

Xuddi shu fikrlarni Rossiya fanlar akademiyasining akademigi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining immunologiya va molekulyar biotibbiyot markazi direktori, professor Mixail Palsev «Parlamentskaya Gazeta» nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Birinchi toʻlqin ancha kuchli, ikkinchisi yana-da kuchli va uchinchisi ommaviy immunitetning shakllanishi tufayli unchalik kuchli boʻlmaydi”, deydi Palsev.

Akademik, shu oʻrinda XX asr boshlarida uchta toʻlqin bilan oʻtgan ispanka pandemiyasini esla olgan.

Palsevning soʻzlariga koʻra, ommaviy immunitet aholining 60 foizida virus yuqtirganida shakllanadi. Agar bu koʻrsatkich 95 foizga yetsa, unda, amaliy jihatdan, infeksiya yoʻqolishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер