Mutaxassis koronavirusning “Hindiston” shtammining eng xavfli jihatidan ogohlantirdi

15:32 23 Iyun 2021 Dunyo
1810 0

Koronavirusning “Hindiston” shtammining eng xavfli xususiyati bemorlarning oʻpka faoliyatiga juda katta tezlikda zarar yetkazadi. Bunday holat pandemiya boshida kuzatilmagan. Ushbu fikrlarni Jorj Meyson universiteti Tizimlar biologiyasi maktabi professori Anchi Baranova aytib oʻtdi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, bemorlarning oʻpkalari bir necha soat juda yomonlashib ketadi.

Shifokorning tushuntirishicha, odatda odam oʻpkasidagi epiteliya hujayralari havo almashinuviga xizmat qiladi va buning natijasida alveolalar organizm uchun kerakli oziq moddalar aralashmasini hosil qiladi.

«COVID-19» yuqtirilganda hujayralar uni ishlab chiqarishdan bosh tortadi. Keyinchalik, bemorning ahvoli yomonlashganda hujayralar biriktiruvchi toʻqimalarga aylanib, tanaga faqat zararli moddalar ishlab chiqara boshlaydi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlari koʻra, bugungi kunga kelib koronavirusning “Hindiston” shtammi dunyoning 90 davlatida qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер