Mushuklarda ham koronavirus yuqtirish holati qayd etildi
Latviyada mushuklarda koronavirus bilan zararlanish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi Ugo Dumpis maʼlum qildi.
“Mamlakatda birinchi marta mushukda ”Covid-19“ va yana bir nechtasida esa ushbu infeksiyaga qarshi antitanachalar aniqlandi”, deydi Dumpis.
Uning taʼkidlashicha, Boltiqboʻyi davlatlari orasida Latviyada birinchi marta bu turdagi hayvonlarda koronavirus qayd etilmoqda.
Mushuklardan 31-yanvar kuni olingan namunalar sinovdan oʻtkazilganda bu holat tasdiqlangan. Umuman, oʻsha kuni 240 ta hayvondan namunalar olingan. Ularning ayrimlari koronavirus tashxisi qoʻyilgan odamlarning uylarida boqilgan jonivorlar hisoblanadi.
Bu sinovlar hukumatning “Covid-19” taʼsirini kamaytirish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot dasturi doirasida olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring