“Mushtumzoʻr” tarbiyachilar. Samarqanddagi bogʻchada ham goʻdaklar kaltaklandi
Samarqand viloyatidagi bogʻchalardan birida tarbiyachi bolalarni urib, ularni haqoratladi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat berdi.
Unga koʻra, holat joriy yilning 14-fevral kuni Jomboy tumanidagi 21-DMTT da sodir boʻlgan. Bolalarga qoʻl koʻtargan tarbiyachi G.A.ning ishi Jinoyat ishlar boʻyicha Jomboy tuman sudida koʻrib chiqilgan va unga nisbatan BHMning 3 barobari miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Parkent tumanidagi bogʻchalardan birida tarbiyachi gimnastika tayoqchasi bilan bolalarni kaltaklagandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring