Murojaatlar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga kamaydi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida “Oʻzbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
10 oyda jami 805 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 208 taga (yoki 21,4%) kamaydi.
Murojaatlarning 739 tasi (92%) jismoniy, 66 tasi (9%) yuridik shaxslardan kelib tushgan boʻlib, ularda quyidagi masalalar koʻtarilgan:
— 195 tasi (24%) ish masalasi;
— 136 tasi (17%) yoqilgʻi masalasi;
— 99 tasi (12%) ish haqi, moddiy yordam;
— 69 tasi (9%) mehnat munosabatlari;
— 55 tasi (7%) rahbarlarning hatti-harakatlari;
— 251 tasi (31%) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Murojaatlar oʻrnatilgan tartibda taalluqliligi boʻyicha masʼullar tomonidan koʻrib chiqilib, aksariyat qismi Jamiyatning boshqaruv apparatida hal etilgan. Nazoratga olingan jami 805 ta murojaatdan, 169 tasi qanoatlantirilgan, 607 tasi boʻyicha tushuntirishlar berilgan, 14 tasi rad etilgan, 15 tasi ish jarayonida.
Jumladan, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 328 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ulardan 305 tasi ijrosi taʼminlandi, 23 tasi koʻrib chiqilmoqda.
1 301 ta murojaatga “Onlayn-maslahatchi” xizmati, 2 235 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring