Murojaat sud orqali hal yetildi

11:09 19 Fevral 2020 Jamiyat
1393 0

Yaqinda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Beshariq tumanida yashovchi fuqaro M.Toʻxtaboyevadan ariza kelib tushdi. Unda fuqaro tuman MIB xodimi tomonidan nazorat kunida 2 387 000 (ikki million uch yuz sakson yetti ming) soʻm notoʻgʻri qarzdorlik hisoblagani va 5 kun muddat ichida toʻlamasa, elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilishi toʻgʻrisida ogohlantirish olganini aytgan.

Elektr energiyasi boʻyicha qarzdor emasligiga ishongan fuqaro soha mutasaddilariga oʻzining haqligini isbotlash yoʻlida qilgan harakatlari besamar ketgan. Soʻngra Federatsiyaga murojaat qilgan.

Oʻrganishlar jarayonida isteʼmolchi M.Toʻxtaboyeva xonadoniga hisoblangan 2 387 000 soʻm miqdoridagi qarzdorlikning qonuniyligini asoslantiruvchi holatlar mavjud emas, qarz summasini yuzaga kelishiga esa MIB xodimlari tomonidan xonadonda haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlariga nisbatan har oy davomida qoʻshib yozib borilishi, tuman YETKda esa ushbu asossiz maʼlumotlarni dasturga kiritib borilishi sabab boʻlgani aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan isteʼmolchi manfaatini koʻzlab Beshariq tuman maʼmuriy sudiga kiritilgan ariza sudda koʻrib chiqilishi natijasida fuqaro xonadoniga hisoblangan 2 387 000 soʻm qarzdorlik bekor qilindi va xonadon elektr tarmogʻiga qayta ulab berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер