Murodjon Ahmadaliyev yangi tarix yaratishga roppa-rosa bir hafta qoldi

18:31 23 Yanvar 2020 Sport
2051 0

30-yanvar kuni 12 raundli bellashuvda amaldagi chempion Deniel Roman va IBF (International Boxing Federation World Super Bantam Title) va WBA (World Boxing Association Super World Super Bantam Title) unvonlariga daʼvogar Murodjon Ahmadaliyev uchrashadi.

Bokschilar aslida 2019-yilning 13-sentyabrida jang qilishi lozim edi, lekin oʻshanda Deniel Roman chap yelkasi jarohati tufayli oʻz unvonlarini himoya qilishdan bosh tortishga majbur boʻlgandi.

2019-yilning centyabrida Roman majburiy taʼtilda boʻlgan vaqtida, Ahmadaliyev mashhur bokschi Uilner Soto bilan jang oʻtkazib, kolumbiyalik bokschini nokautga uchratdi. Jang sakkiz raundga moʻljallangan edi, biroq referi bir tomonlama hujumni toʻxtatgan holda uni toʻrtinchi raunddayoq yakunladi. Oʻzbekistonlik bokschi uchun ushbu gʻalaba professional boksdagi yetti gʻalabadan yettinchisi (oltitasida nokaut bilan) boʻldi.

Qayd etish joizki, oʻzining 25 yoshida Ahmadaliyev havaskor va professional boks tarixiga kirdi. 2015-yilda Doxada oʻtkazilgan jahon chempionatida kumush, 2016-yilda Rio de Janeyroda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarida bronzani qoʻlga kiritgan bokschi qisqa vaqt ichida – 1,5 yilda professional ringga yangi kelgan bokschidan chempionlikkacha yoʻlni bosib oʻtdi. 2019-yilning avgustida sportchi ikkinchi eng yengil vaznda WBA InterContinental chempionlik kamarining sohibiga aylandi.

WBA va IBF versiyasi boʻyicha jahon chempioni unvonidan bokschimizni 1 hafta hamda amaldagi chempion Deniel Roman bilan 1 ta jang ajratib turibdi.

Ikkinchi eng yengil vaznda professional boks bellashuvi AQSH, Florida shtati, Mayamida Island Gardens Meridianida boʻlib oʻtadi. Oʻz karyerasida katta ahamiyat kasb etadigan jangga Ahmadaliyev murabbiyi Djoel Dias – yengil vazn toifasida Meksika-Amerika sobiq professional bokschisi bilan tayyorgarlik koʻrmoqda. Hozirgi kunda Dias boks boʻyicha eng yaxshi murabbiylardan biri hisoblanadi. Bokschining manfaatlari ustidan menedjer Vadim Kornilov ish yuritadi.

Buka sport kiyimlari xalqaro brendi DAZN (Buyuk Britaniya) striming tizimidan jang translyatsiyasini xarid qildi va huquqlarni MTRKning “Sport” telekanaliga begʻaraz taqdim etdi. Shunday qilib, oʻzbekistonlik tomoshabinlar mamlakat uchun eng shov-shuvli sport hodisasidan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyani ushbu telekanalda juma, 31-yanvar kuni ertalab soat 7 da (GMT +5) tomosha qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер