Muloqot manzili — “Konstitutsiya koʻchasi”
Foto: “Xalq soʻzi”
Bundan bir necha kun muqaddam Buxoro shahrida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etilgandi. Viloyat hokimligi hamda viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mazkur goʻsha oʻziga xos muloqot manziliga aylandi.
Ushbu koʻchada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31 yilligi munosabati bilan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Yoshlar, davlat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida kechgan muloqotda talaba — yoshlar oʻrtasida qonunchilikka oid bilimlar bellashuvi tashkil qilindi. Shu tariqa toʻplanganlar oʻzlarining asosiy qonunimizga oid bilim va tushunchalarini boyitib olishdi. “N” harbiy qism askarlarining koʻrgazmali chiqishlari esa tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.
Targʻibot tadbirida faol qatnashgan yoshlarga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobchalari tarqatildi. Bayramona ruhdagi bu kabi uchrashuvlar, davra suhbatlari, maʼrifiy kechalar viloyatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring