Mudhish YTH! Jizzaxda piyoda vafot etdi
arxiv foto
Jizzaxda karantin qoidalariga buzilishi natijasida Doʻstlik tumani shifoxonasi “jonlantirish” boʻlimida bir kishi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12-aprel kuni soat 20:30larda Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani, Sanoatchilar MFY hududidan oʻtuvchi 4R35 avtomobil yoʻlida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.
Doʻstlik paxta qayta tozalash zavodi roʻparasida, haydovchi R.A. ishonchnomasiz, harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz boshqaruvida boʻlgan fuqaro B.A.ga tegishli “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, shu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan piyoda U.J.ni urib yuborib, YTH sodir qilgan.
Natijada, piyoda U.J. olgan tan jarohatlari ogʻirligi oqibatida Doʻstlik tumani shifoxonasi “jonlantirish” boʻlimida vafot etgan.
“Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz koʻchaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqsangiz ham “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni soʻrab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring