MSK referendum yakuniy natijalarini e’lon qildi. Natijalarda kichik o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

17:36 01 May 2023 Siyosat
1178 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Markaziy saylov komissiyasi qonun buzilish holatlari aniqlanishi natijasida bir necha saylov uchastkalarida berilgan ovozlarni bekor qildi. Natijada yakuniy natijalarda dastlabki e’lon qilingan raqamlarga qaraganda kichik o‘zgarishlar kuzatildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan fuqarolar soni 16 mln 667 ming 97 nafargacha qisqardi. Ya’ni dastlabki ma’lumotlarda e’lon qilingan raqamlardan 6 ming 92ta ovozlar bekor qilindi. Shunda davomat 0,03 foizga o‘zgarib, 84,51 foizni tashkil qildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga "ha" deb javob berganlar soni 5 447 nafarga kamayib, 15 mln 34 ming 608 nafarni tashkil etdi. Foizda bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qoldi - 90,21 foiz.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zgarishlarga "yo‘q" deb javob berganlar soni 1 mln 558 ming 817 nafarni tashkil etdi. 9,35 foiz.

Yana 773 672 byulletenlar haqiqiy emas deb topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер