Moskvadagi Gʻalaba paradiga birinchi navbatda MDH yetakchilari taklif etiladi. Mehmonlar koronavirusga test topshirishadi

10:18 05 Iyun 2020 Dunyo
876 0

Rossiya poytaxti Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga taklifnomalar yuborishda avvalgidek Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari yetakchilariga urgʻu beriladi, deya xabar qildi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, deb yozadi Sputnik.

“Men sizlarga yana bir bor hozirda urgʻu MDH davlatlari yetakchilarini taklif etishga qaratilayotganini eslatib oʻtaman”, - dedi u.

Peskov jurnalistlar tomonidan berilgan “RF prezidentining BMT Xavfsizlik Kengashi” beshligidagi hamkasblariga Moskvada oʻtkaziladigan Gʻalaba paradiga taklifnoma yuborilganmi?» degan savolga shu tarzda javob qaytardi.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyada bu yil Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan va anʼanaviy tarzda 9-may kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

Ammo 26-may kuni Putin tadbirga tayyorgarlikni boshlashga chaqirgan va Gʻalaba paradi oʻtkaziladigan sanani 24-iyun etib belgilagan edi.

Avvalroq taʼkidlanganidek, paradning barcha xorijiy ishtirokchilari va parad mehmonlari Moskvaga kelishi bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va koronavirusga test topshirishadi.

Shuningdek, Rossiyaga borishdan avval chet el delegatsiyalari ikki haftalik karantinga amal qilishlari va Moskvaga kelishlari bilan COVID-19 yoʻqligi haqida hujjatlarni taqdim etishlari lozim boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер