Moskvada patent narxi oshdi
2020-yilda Moskvada mehnat migrantlarining ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatlashdi, deya xabar bermoqda Mehnat vazirligi.
Patent narxi 2018-yilda 4500 rubl, 2019-yilda 5000 rubl boʻlgan, joriy yildan patent uchun oyiga 5350 rubl toʻlash lozim boʻladi.
Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari 2015-yildan buyon Moskvada ishlash uchun patent oladi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 2019-yilda chet ellik ishchilarga patent berishdan tushgan byudjet daromadi 18 mlrd. rublni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring