Moskvada mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash boshlandi
Rossiya Federatsiyasining Saxarovo nomidagi Koʻp tarmoqli migratsiya markazida mehnat migrantlarini “Sputnik Layt” vaksinasi bilan COVID-19ga qarshi emlash boshlandi.
Moskva shahri meriyasining maʼlum qilishicha, migrantlarni emlash Rossiya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish boʻyicha federal xizmatining buyrugʻida koʻrsatilgan sohalarga tegishli ish beruvchilarning talabnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Koʻp tarmoqli migratsiya markazidagi emlash punkti soat 9.00 dan 21.00 gacha ishlamoqda va kuniga 2 mingdan ortiq kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi tomonidan ishlab chiqilgan bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasi bir dozasi narxi 1300 rublni tashkil qiladi. Bu ish beruvchi tomonidan toʻlanishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring