Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan maʼlumot berildi
Avvalroq, Moskvada muhojirlar oʻrtasida janjal kelib chiqqani va 100 nafardan ortiq odam hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda voqea joyiga borib, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda boʻlib, vaziyatni oʻrgandi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring