Moskvada haydovchisiz taksi va tramvay sinov rejimida ishga tushiriladi
Moskva shahrida qator yoʻnalishlarda 2022-yil oxirigacha haydovchisiz taksi va tramvaylar harakati sinovini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Интерфакс” xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, Moskvada haydovchisiz harakatlanadigan tramvay sinovi 2022-yilda boshlanadi, yil oxiri – kelgusi yil boshida esa test rejimida ish boshlashi mumkin.
Rossiya merining oʻrinbosari Maksim Liskutov mazkur loyihani amalga oshirish aniqligi haqida bildirgan fikrlaridan iqtibos keltirgan. Bu loyiha Moskva shahrining transport dasturiga kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring