Moskvada 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan
Foto: Illustrativ foto
Moskva viloyatining Mыtiщi shahridagi koʻp qavatli uylarning birida 2022-yil 3-may kuni sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa oʻrnatdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sigareta qoldigʻi oʻchirilmagani natijasida kelib chiqqan.
Xonadon egasi 4-qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat nazoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz Rossiya Federatsiyasida rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgani sababli ularning jasadlarini Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vatanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring