Moskva — Toshkent reysini amalga oshirayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qoʻndi
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva — Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 samolyoti Urganch aeroportida favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.
Bortida 236 yoʻlovchi boʻlgan Boeing 787 samolyoti ekipaji yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli zaxira aerodromga uchishga qaror qildi.
Toshkent vaqti bilan 16:59 da samolyot Urganch aeroportiga qoʻndi. Yoʻlovchi 1978-yilda tugʻilgan erkak - samolyot bortida vafot etgan. Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring