Moskva shahrida Oʻzbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi boʻlib oʻtdi

07:47 03 Sentyabr 2023 Siyosat
973 0

Moskva shahrida Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklar oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi boʻlib oʻtdi.

TIV maʼlumotiga koʻra, delegatsiyalarga Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

Muzokaralarda boʻlajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikning borishi, eng avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro hamkorlikning holati va istiqbollari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarni ishlab chiqish uchun tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер