Moldovaning bir qismi elektr energiyasiz qoldi
Illyustrativ foto
Moldovada Ruminiyadan kelayotgan elektr uzatish tarmoqlaridagi muammolar tufayli mamlakatning bir qismi elektr energiyasiz qoldi
Moldovada Ruminiyadan mamlakatga elektr energiyasi yetkazib beruvchi Vulkaneshti — Isakcha elektr uzatish tarmogʻidagi muammolar tufayli taʼminotda uzilishlar kuzatilmoqda.
Natijada Moldovaning bir qismi elektr energiyasiz qoldi. Ayni paytda Kishinyov va mamlakat shimolidagi boshqa yirik shaharlarda, Drokiya, Brichan, Yedinsev va Belsev tumanlarida, shuningdek, janubda Komrat, Kantemir, Kagulda uzilishlar kuzatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring