Mol-mulk va yer soligʻini toʻlashni unutmadingizmi?
Chilonzor, Bektemir va Uchtepa tumanlarida soliq toʻlovchilar faollik koʻrsatmoqda.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287- moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari boʻlgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari toʻlovchilari hisoblanadi.
Joriy yilda Toshkent shahrida mol-mulk va yer soligʻi toʻlanishi lozim boʻlgan 653 mingdan ortiq obyekt mavjud. Ularning egalariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning 20-mayiga qadar soliqlarni toʻlash haqidagi maʼlumotnoma yuborilgan.
Bugungi kunga qadar yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan fuqarolar tomonidan 523 mingdan ortiq obyekt uchun toʻlovlar amalga oshirilgan. Tahlillarga koʻra, poytaxtimizning Chilonzor (85 foiz), Bektemir (82,5 foiz) hamda Uchtepa tumanlari (82 foiz) fuqarolari mol-mulk va yer soliqlarini toʻlash boʻyicha peshqadamlik qilmoqda
Eslatib oʻtamiz, soliq toʻlovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida barcha tuman davlat soliq inspeksiyalarida joriy yilning 15-oktyabriga qadar dam olish kunlarisiz har kuni soat 8.00 dan 20.00 ga qadar xizmat koʻrsatiladi. Agarda Siz soliq organlari yoki banklarga borishga vaqt topa olmayotgan boʻlsangiz, “CLICK”, “PayMe” va boshqa zamonaviy elektron toʻlov vositalari yordamida mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari!
Unutmang! Siz toʻlagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini toʻldirib, poytaxtimiz aholisining ijtimoiy ehtiyojlari uchun sarflanadi. Shunday ekan, mol-mulk va yer soliqlarini bugun toʻlab, oʻz majburiyatlaringizni bajarish bilan birga shahrimiz obodligiga hissa qoʻshing!.
Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring