Mohir publitsist va shoir Isroil Shomirov vafot etdi
Shoir, mohir publitsist, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Isroil Shomirov vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Isroil Shomirov 1961-yilda Boysun tumanining Pulhokim qishlogʻida tugʻilgan. Uzoq yillik faoliyati davomida matbuot sohasida, xususan, “Surxon yoshlari” gazetasi bosh muharriri vazifasida xizmat qilgan. “Sogʻinch”, “Bolalikka qaytgim keladi”, “Koʻksimdagi qush” kabi kitoblari chop etilgan.
Tahririyatimiz marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring