Misr ehromlarining qurish siri aniqlandi

15:22 02 Noyabr 2018 Dunyo
2632 0
Foto: РИА Новости

Arxeologlar tomonidan qadimgi misrliklar ganch(alebastr) qazib olgan Xatnub ochiq konidan koʻp tonnali tosh bloklarini koʻtarishda qoʻllanilgan nishab yoʻlka(pandus) izlari topildi.

Uning yoshi 4500 yilga teng deyilmoqda. Olimlarning aytishicha, bunday tizimlar ohaktoshdan piramidalarni barpo etishda ham qoʻllanilgan, deb yozadiScience Alert nashri.

Ganch haykallar, idishlar, tosh tobutlar tayyorlash, shuningdek, ibodatxona devorlari va pollarini qoplashda ishlatilgan. Uni Misrning Luksor shahridan shimolda joylashgan Xatnub konidan olishgan.

Garchi misrliklar oʻta ogʻir ganch toshlarni joydan joyga qanday qilib koʻchirishgani shu paytgacha fanga aniq maʼlum boʻlmasa-da, buning uchun qoʻshimcha muhandislik moslamalariga ega nishab yoʻlka(panduslar)dan foydalanilgan deb hisoblab kelinardi.

Endi bu narsaning siri ham olimlarga ayon boʻldi. Gap shundaki, Xatnubda bloklarni koʻtarish tizimi markaziy pandusdan tashkil topgan. Uning ikki tomonida zinapoya yasalgan. Qoyada oʻyilgan yoriqqa esa mustahkam yogʻoch ustunlar qoʻyilgan.

Bloklar yogʻoch chenalarga ortilgan. Misrliklar ustunlar va arqonlar yordamida toshlarni tortib chiqargan. Bunday usuldan boshqa konlarda ham foydalanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер