Misr bilan zargarlik sohasida kadrlar tayyorlash masalalari koʻrilmoqda

18:07 28 Fevral 2023 Siyosat
769 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Misr Arab Respublikasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda vazir I.Abdurahmonov, Xelvan universitetining sanʼat taʼlimi kafedrasi zargarlik buyumlari dizayni professori Karam Mosaad Ahmed Mohamed Farag, “Vassef Jeveleri” kompaniyasi bosh direktori Ixab Vassef, “Kirmena Jeveleri” taʼsischisi Mamdux Abdalla ishtirok etdi.

Uchrashuvda zargarlik sanoatini rivojlantirishda malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda zargarlik buyumlarining zamon talablari asosida yangicha dizaynlarini oʻzlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlariga professional mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

I.Abdurahmonov mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining birida zargarlik sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha ixtisoslashgan fakultet ochish masalasi dolzarb ekanini qayd etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер