Milliy qadriyatlar tarannum etildi

18:15 10 Fevral 2025 Jamiyat
279 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahrida “Anʼanalar diyori” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek milliy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan qoʻshiqlar ijro etildi. 20 dan ziyod jamoa aʼzolari xalqimizning deyarli unutilayozgan qoʻshiq, lapar va ashulalarini kuylagani ahamiyatli, albatta.

— Milliy qoʻshiqlarimiz oʻzida xalqona urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, madaniyatimizni ifoda etadi, — deydi Asaka tumani madaniyat boʻlimi boshligʻi Muhabbatxon Rahmonova. — Jumladan, bizning “Gulruh” folklor-etnografik ansamblimiz ham tanlovda xalqimiz qadriyatlarini namoyish etuvchi sahna koʻrinishi bilan ishtirok etdi. Bu kabi tadbirlar nafaqat milliy qoʻshiqchiligimizni, balki yosh avlodni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Zero, har bir ijro zamirida mana shu yurt madhi tarannum etildi.

Tadbir davomida bahor, sumalak, hashar kabi mavzularni qamrab olgan sahna koʻrinishlari ham namoyish qilindi. Shuningdek, yangi jamoalar va ijrochilarning kuy-qoʻshiqlari barchaga manzur boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер