Milliy malakalar ramkasi tasdiqlandi

15:11 18 May 2020 Jamiyat
3049 0

Illyustrativ foto

“Oʻzbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi tasdiqlandi.

Milliy malakalar ramkasi jadval koʻrinishidagi konstruksiya boʻlib, unda har bir malaka darajasi boʻyicha kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va koʻnikma, shaxsiy va kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, tegishli malaka darajasini egallash yoʻllari belgilanadi.

Xususan, kompetensiyalar quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi:

  • rahbarlik ostidagi faoliyat;
  • mustaqil ijro intizomi;
  • rahbarlik faoliyati;
  • faoliyat koʻlami - vakolat va masʼuliyatning kengligi, kasbiy faoliyatdagi mumkin boʻlgan xatoning oqibatlari.

Milliy malakalar ramkasi asosida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari ish beruvchilar birlashmalari bilan hamkorlikda tarmoqlar malaka ramkalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Qaror bilan shuningdek, Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (Milliy malakalar tizimi) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Milliy malakalar tizimining vazifalaridan biri ishsizlar va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasbga oʻqitish, malakasini oshirish va qayta oʻqitishni tashkil etishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер