Milliy gvardiyaning tarkibi yangi qonun bilan mustahkamlanadi

12:19 14 Dekabr 2019 Jamiyat
5034 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Senatorlar 7 ta bob va 55 ta moddani oʻz ichiga olgan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunni maʼqulladilar. Qonunga koʻra, Milliy gvardiya Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organdir.

Milliy gvardiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar esa Milliy gvardiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.

Shuningdek, Qonunda Milliy gvardiyaning tarkibi mustahkamlanmoqda. Jumladan, Milliy gvardiyaning tarkibiga markaziy devon, hududiy boshqarmalar, harbiy tuzilmalar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, shuningdek Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlar kiradi.

Shu bilan birga, nazarda tutilishicha, Milliy gvardiya bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisobdordir, Milliy gvardiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qoʻmondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qoʻmondoni maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladi.

Shuningdek, Qonunga koʻra, Milliy gvardiyada Milliy gvardiya qoʻmondoni, uning oʻrinbosarlari, markaziy devon boʻlinmalarining boshliqlari va Milliy gvardiya organlarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya faoliyatini moliyalashtirish, xalqaro hamkorlik qilish tartibiga doir normalar belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер