Mikromoliyaviy xizmatlar hajmi ortadi

18:06 04 Fevral 2020 Siyosat
981 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil 4-fevralda boʻlib oʻtgan navbatdagi yalpi majlisida “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi atroflicha koʻrib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Shuningdek, mikromoliyalashtirishning huquqiy bazasini takomillashtirish va hajmini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning hayotiyligini taʼminlashga qaratilgan.

Deputatlar muhokamadagi qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. Ularning qayd etishicha, mazkur hujjat loyihasi mamlakatda ushbu xizmatlarning sezilarli darajada kengayishiga yordam beradi.

Bu nima uchun kerak?

Xalq vakillarining fikricha, mikromoliyalashtirish qonunchiligini takomillashtirish eng yaxshi xorijiy amaliyotni tahlil qilishni taqozo etadi. Shu jumladan, masofadan turib xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini joriy etish, koʻrsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish, aholida haddan tashqari qarz yuki shakllanishining oldini olish, aholining moliyaviy savodxonligini, moliyaviy ommaboplikni oshirish va mazkur xizmatlar isteʼmolchilarininghuquqlarinihimoyaqilishrespublikadamikromoliyalashtirish sohasini yana-da rivojlantirish boʻyicha ishlarning hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlari boʻlishi lozim.

Qonun loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartishlar, deputatlar tomonidan qayd etilganidek, aholining va tadbirkorlik subyektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, toʻlov qobiliyatini oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda koʻrsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmining oshishiga yordam beradi.

Majlisda qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Ziyoda ASHUROVA("Xalq so'zi")

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер