«Mikrokreditbank»: tadbirkorlarning ishonchli hamkori
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyot tayanchi, aholi daromadini taʼminlovchi muhim vosita hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda ushbu tarmoqqa jiddiy eʼtibor qaratilib, ularning erkin ishlashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu boradagi ishlar, ayniqsa, keyingi yillarda yana-da jadallashdi. Binobarin, tadbirkorlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash, imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish amalga oshirilayotgan ishlarning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayonda, tabiiyki, moliya muassasalari ham munosib ishtirok etishga intilmoqda. Oʻz xizmat va sarmoyalari bilan aholi orasiga chuqur kirib borishga harakat qilmoqda. Yaqinda poytaxtimizda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan mavzusida matbuot anjumanida shular xususida soʻz yuritildi.
Hujjat ham, muddat ham qisqarmoqda
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki — yurtimizdagi jadal rivojlanib borayotgan, aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini taqdim etib kelayotgan moliya muassasalaridan biri. Bank tomonidan karantin sharoitiga qaramasdan 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida odamlarning bank kreditlaridan foydalanishini soddalashtirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ularning turmush darajasini oshirish maqsadida bir qancha yangi kredit turlari va xizmatlar amaliyotga joriy etildi. Pirovardida, shu davr ichida 108 594 nafar jismoniy shaxsga jami 1 trillion 338 mlrd. soʻm kreditlar ajratildi. Shundan 131,0 mlrd. soʻmi avtokredit, 190,5 mlrd. soʻmi isteʼmol krediti, 357,6 mlrd.soʻmi mikroqarz, 10,7 mlrd. soʻmi overdraft, 40,0 mlrd. soʻmi onlayn mikroqarz, 2,7 mlrd. soʻmi taʼlim krediti hamda 53,0 mlrd. soʻmi ipoteka krediti sifatida taqdim etilgan.
Bank tomonidan kredit ajratishning yangi — “Anderrayting tizimi” ishga tushirilgani ham ayni muddao boʻldi. Chunki bu orqali farqi kredit ajratish bosqichi avvalgi 5 bosqichdan 2 taga, hujjatlar soni 15 tadan 3 taga, kreditni koʻrib chiqish muddati 10 kundan 1 kunga qisqartirilishiga erishildi. Ushbu kredit turi boʻyicha 2873 ta mijozga 20,5 mlrd. soʻm kredit ajratildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning portfeldagi qoldigʻi 2020-yil 1-oktyabr holatiga 223 ming nafar mijozda 2 277,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 782,1 mlrd. soʻmga yoki 37 026 nafarga oshgan.
Bundan tashqari, 2020-yil davomida 5 ta yangi chakana kreditlar boʻyicha mahsulotlar (onlayn-mikroqarz 3 oylik, onlayn isteʼmol, avtomobil oynasi tusini oʻzgartirish uchun, migrantlar uchun, ichki turizm va tashqi turizm) joriy qilindi.
Misol uchun, bankning "MKB Mobile” mobil ilovasi orqali mijoz oʻz mobil telefoni orqali 1 oydan 3 oy muddatgacha foydalanishni nazarda tutuvchi onlayn-mikroqarz joriy qilinishi natijasida 2020-yil 9 oyi davomida 40,0 mlrd. soʻm kredit ajratildi. 2019-yil mos davrida 8,8 mlrd.soʻm berilgan edi.
Prezidentimizning 2019-yil 20-avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun fuqarolarga mikroqarzlar ajratilishi boshlandi hamda ularning 161 nafariga 322,0 mln. soʻm miqroqarzlar ajratildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida aholiga (jismoniy shaxslarga) kreditning toʻlov majburiyatlarini yumshatish va yengillashtirish maqsadida jami 173 786 nafar qarz oluvchilarning 377,3 mlrd. soʻmlik grafik qarzdorliklari 6 oy muddatgacha uzaytirildi.
Shuningdek, “MKB-mobile” ilovasi orqali hech qanday hujjatlarsiz bankka kelmasdan elektron tarzda onlayn-isteʼmol krediti joriy qilindi.
Chakana kreditlarni ajratish uchun aholini qiynayotgan savol va muammolarini oʻrgangan holda chakana kredit xizmatlari koʻrsatish jarayonini soddalashtirish, yangi masofaviy bank xizmat turlarini joriy qilish, xorijiy banklar tajribasi asosida aniq reja va vazifalar ishlab chiqish, axborot texnologiyalarini qoʻllash orqali bank xizmatlari hamda «modulli» kreditlash asosida yangi kredit turlarini faol joriy qilish, bankning “mikrokreditbank.uz” sayti orqali mikroqarz, isteʼmol va avtokreditlarga onlayn tarzda kredit olish uchun arizalarni onlayn joʻnatishlari va bu boʻyicha qaror xulosasini olishlari uchun tegishli tegishli choralar koʻrilayotgani bu boradagi ishlar yana-da jadallashishidan dalolatdir.
Ishbilarmonlar safi yana-da kengayadi
2020-yilning 9 oy davomida barcha yoʻnalishlarda tadbirkorlik subyektlariga 3,5 trln. soʻm kredit ajratilib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilgi (1,4 trln. soʻm) koʻrsatkichga nisbatan 2,1 trln. soʻmga yoki 250,0 foizga oshdi.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 33 497 ta aholi va tadbirkorlik subyektiga 879,1 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan 21,8 mlrd. soʻmlik kredit liniyasi jalb qilinib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga 18,3 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. 848 nafar tadbirkor ayolga 21,0 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar berildi.
Bundan tashqari, mazkur ishlar davomi sifatida yil oxiriga qadar ijtimoiy dasturlar doirasida 252,3 mlrd. soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratish koʻzda tutilgan.
Bular toʻqqiz oy davomida bajarilgan ishlar. Ammo bank jamoasi bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Zero, oldinda qilinajak ishlar koʻp. Istiqbolli loyihalar bisyor. Shundan kelib chiqib, bank jamoasi tomonidan yil yakuniga qadar Prezidentimizning quyonchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va quyonlar sonini respublika boʻyicha 5 mln. boshga yetkazish yetkazish, mazkur sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar va klasterlar ish faoliyatini tizimli tashkil qilish;
-barcha mablagʻlar hisobidan tadbirkorlik subyektlariga jami 4 059 mlrd. soʻm kredit ajratish va 19 000 ta yangi oʻrinlari tashkil etish;
-2020-yil davomida amalga oshirishi belgilangan 105 ta loyihaga 477,5 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratish va loyihani ishga tushirish choralarini koʻrish;
-kichik biznes subyektlariga «Onlayn skoring» tizimi orqali kredit ajratishni amaliyotga toʻliq tatbiq etish va ularning salmogʻini oshirib borish;
- bankning namunali filiallarda anderrayterlar xizmatidan foydalangan holda (Kredit komissiyalari qarorisiz) kreditlar ajratishni joriy qilish va samaradorligini baholagan holda barcha filiallarda tashkil qilish shular jumlasidandir.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi majlis bayoniga muvofiq, «Mikrokreditbank» ATB respublikamizda quyonchilikni rivojlantirishga masʼul etib biriktirilgan. Mazkur topshiriqqa asosan, joriy yilda 235 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan xoʻjalik tashkil qilindi, quyonchilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun jami 1 400 ta mijozlarga 130,8 mlrd.soʻm, miqdorda kreditlar ajratildi.
Prezidentimizning joriy yil may-iyun oylarida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlariga tashrifi davomida ushbu viloyatlarda quyonlar sonini 1 mln. boshga, respublika boʻyicha 5 mln. boshga yetkazish topshirigʻi berilgan edi. Shundan kelib chiqib, 189 ta loyiha tashabbuskorlari aniqlanib, ularga 311 mlrd. soʻm kreditlar beriladi. Eʼtiborlisi, ushbu yoʻnalishda amaliy ishlarga kirishilgan. Xususan, naslli quyonlarni koʻpaytirish maqsadida Rossiyaning «Agro Spes Servis» kompaniyasi bilan 5000 bosh hamda “VESTA” MCHJ korxonasi bilan 38 ming bosh zotdor quyon olib kelish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Shu asosda hozir ossiya 10 ming boshdan ortiq zotdor quyonlar Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan «Eko rabbit» MCHJ olib kelindi va quyonchilik xoʻjaliklariga koʻpaytirish uchun yetkazib berilmoqda.
Shuningdek Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon va Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanidagi quyonchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi tashkil etilib, toʻliq jihozlandi. Ayni paytda bu yerda quyonchilik bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar oʻqitilib, tegishli sertifikatlar berilmoqda.
Qisqa qilib aytganda, bugun «Mikrokreditbank» ATB tomonidan xalqimiz va iqtisodiyotimiz uchun foydali boʻlgan koʻplab loyihalarga qoʻl urilmoqda. Demak, yaqin vaqt ichida mamlakatimizda tadbirkorlar safi yana-da koʻpayadi. Joylarda yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Odamlarning daromadi ortadi, turmushiga fayz va baraka kiradi. Zero, bu kabi saʼy-harakatlardan koʻzlangan maqsad ham shu.
Bank axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring