«Mikrokreditbank» ATBda taʼlim krediti ajratish tartibi qanday?
Taʼlim krediti kimlarga ajratiladi?
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura mutaxassisligiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarga ajratiladi.
Eslatma: talabaning yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-singil, turmush oʻrtoq) sherik qarzdor boʻlishlari mumkin.
Ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan talabalarga ham ajratiladimi?
Kunduzgi (sirtqi boʻlmagan) tarzda taʼlim olayotgan boʻlsa ajratiladi.
Oldingi davrda tijoriy taʼlim kreditlari olgan talabalarning keyingi oʻquv davri uchun imtiyozli kredit ajratiladimi?
Agar olingan kreditdan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasa ajratiladi.
Qanday valyutada ajratiladi?
Kreditlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ajratiladi.
Kimlarga ajratilmaydi?
- chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
- tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) toʻlov kontraktning toʻliq yoki bir qismiga;
- sirtqi (kechki) taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga;
- boshqa turdagi olingan kreditlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud talabalarga.
Qancha muddatga ajratiladi?
Kreditlar oʻquv davri va qoʻshimcha 7,5 yil (90 oy) muddatga ajratiladi. Masalan, oʻquv davri 4 yil boʻlsa va kredit 1-bosqich talabasiga ajratilsa muddat 11,5 yilni (138 oy) tashkil etadi.
Necha foizdan ajratiladi?
Yillik 14 foiz (Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida).
Eslatma: Markaziy bank asosiy stavkasi koʻtarilgan taqdirda kredit foizi oʻzgarmaydi, asosiy stavka tushirilgan holatda kredit foizi arzonlashadi)
Qanday hujjatlar taqdim etiladi?
taʼlim krediti olish uchun ariza;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun shartnoma;
taʼminot turlaridan biri:
- kafil (doimiy daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar)
- sugʻurta polisi
- mol-mulk garovi va boshqalar
Eslatma: Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oila farzandlariga kreditlar taʼminotsiz ajratiladi. Bunda bankka ushbu reyestrda roʻyxatda turishini tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim qilinadi.
Taʼlim kreditlari toʻrt qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi:
Bir yillik oʻquv kontrakt summasining
- 25 foizi – har yili 15-sentyabrgacha;
- 50 foizi – har yili 1-yanvarigacha;
- 75 foizi – har yili 1-aprelgacha;
- 100 foizi – har yili 1-iyulgacha ajratiladi.
Kreditlar qanday tartibda qaytariladi?
- Talabaning oʻquv davri va qoʻshimcha 6 oy imtiyozli davr hisoblanadi. Bu davrda kreditning faqat foiz toʻlovlari qaytariladi;
- Imtiyozli davr tugagandan soʻng foizlarga qoʻshib 7 yil davomida kreditning asosiy qarzi ham toʻlanadi;
- Kredit toʻlovlarini MKB MOBILE ilovasi orqali onlayn toʻlash mumkin.
Eslatma: kredit toʻlovlarida muddati oʻtgan qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda oʻquv davrining keyingi bosqichlari uchun kredit ajratish rad qilinishi mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring