Microsoft qozoq tilini oʻzining rasmiy tillari roʻyxatiga kiritdi
Microsoft kompaniyasi Microsoft Translator tillar guruhiga qozoq tilining kiritilganini maʼlum qildi. Hozirda kompaniyaning tarjima qilinadigan tillari guruhiga 60 dan ortiq til kiradi, deb xabar beradi Kaz-science.kz.
Endilikda qozoq tili – Microsoft tarjima dasturlari, ilovalari, Office dasturlari, Bing tarjimoni hamda biznes va dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchilarga moʻljallangan Azure Cognitive Services tarjima xizmatining tilidir.
“Bugun biz til toʻsiqlarini olib tashlash boʻyicha vazifamizni davom ettirib, Microsoft Translator tillar guruhiga qozoq tilini kiritganimizni mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz. Qazaqsha yoki Qazaq Tili deya tanilgan ushbu tilda Qozogʻistonda, Gʻarbiy Xitoyda, Gʻarbiy Moʻgʻulistonda, Rossiyaning janubida va dunyoning boshqa qismlarida 22 millionga yaqin odam soʻzlashadi”, - deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, 2014-yil 12-dekabr kuni WikiBilim jamoat fondi Google kompaniyasi tarjima xizmatiga qozoq tili kiritilganini rasman eʼlon qilgandi.
Bugungi kunda qozoq tili bu tarjima vositasidagi 109 ta tildan biridir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring