MIB namunali isteʼmolchilarni ragʻbatlantirdi

15:06 18 Fevral 2019 Jamiyat
1155 0

Illyustrativ foto

Majburiy ijro byurosi xodimlari energiya resurslari va ichimlik suv toʻlovini amalga oshirishda namunali isteʼmolchilardan hisoblangan Kosonsoy tumanining Hurriyat mahallasidagi Saidmetovlar xonadon Namangan viloyat boshqarma boshligʻining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalarni taqdim qilishdi.

- Biz toʻlovlarni oyning oʻninchi sanasiga qadar amalga oshirishni odat qilganmiz, - deydi namunali isteʼmolchi Bahromjon Saidmetov. - Kundalik turmushimizda eng zarur bu neʼmatlardan tejab tergab foydalanish, sarf qilingan resurslar uchun haqni vaqtida toʻlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Oilamizga koʻrsatilgan ragʻbat esa, barcha mahalladoshlarimiz uchun ibrat boʻladi, albatta.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan targʻibot-tashviqot tadbirlari endilikda har oyda amalga oshirishni rejalashtirgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер