Metroning “Chilonzor” yoʻnalishida poyezd uch daqiqa toʻxtab qoldi
Bugun, 20-dekabr kuni soat 08:52 da “Hamid Olimjon” – “Pushkin” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan harakat tarkibi toʻxtab qolgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, poyezdlar texnik sabablarga koʻra “Pushkin” bekatiga kirish yoʻlagida uch daqiqaga toʻxtab qolgan.
“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi maʼmuriyati keltirilgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring