Metan “zapravka”larga 5 barobar koʻp gaz yetkazib beriladi — Shavkat Mirziyoyev

13:50 03 Fevral 2023 Siyosat
790 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Barkamol avlod mahallasida tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda.

Qayd etilganidek, sanoat va xizmat koʻrsatishni tiklash uchun respublika boʻyicha:

— kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilovatt soat elektr yetkazib beriladi (hozir – 70 million kub metr gaz va 120 million kilovatt soat elektr berilmoqda);

— bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).

— Bu borada yana bir masala – Andijon va Fargʻonada boʻlgan uchrashuvlarda koʻplab tadbirkorlar elektr ishlab chiqarishni oʻzi yoʻlga qoʻyish, kichik quyosh stansiyalarni va mikroGESlar qurishga tayyorligini bildirdi. Bunday tashabbusi bor Namangan tadbirkorlarini ham, albatta, qoʻllab-quvvatlaymiz, — dedi Prezident.

Qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion soʻmlik moliyalashtirish shu haftadan ochilishi maʼlum qilindi.

Xususan, Namanganda infratuzilmani yaxshilashga bu yil 1,3 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер