Messi Argentinaga insonparvarlik yordamini yubordi

22:57 10 Avgust 2020 Sport
1249 0

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurashda Argentinaga yordam berishga qaror qildi.

Futbolchi 50 ta oʻpkani shamollatish uskunasini Argentinaga yubordi. Ulardan 32 tasi qadrdon shahri Rosarioga ajratildi.

Bundan tashqari, 33 yoshli toʻpurar tibbiyot xodimlari uchun himoya vositalari va yuqori chastotali ventilyatsiya uskunalarini sotib olish uchun shaxsiy hisobidan pul ajratdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 10-avgust holatiga ko'ra Argentinada koronavirus yuqtirib olganlar soni 247 mingga yaqinlashgan, vafot etganlar soni 4,5 mingdan oshgan, sogʻayganlar soni 109 mingni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер