Merkel isteʼfoga chiqqanidan keyin siyosat bilan shugʻullanmasligini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel oʻz lavozimini tark etgach siyosat bilan shugʻullanmasligini aytdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
Merkelning aytishicha, dastlab u biroz dam oladi va albatta mutolaa qiladi va koʻproq uxlaydi.
“Avval biroz dam olaman, keyin xayolimga nima kelganiga qarab ish qilaman”, degan u.
Avvalroq Merkel “Frankfurter Allgemeine Zeitung” nashriga bergan intervyusida siyosiy faoliyatini yakunlagandan keyin nima qilishini aytib oʻtgandi.
“Koʻryapmanki, kansler sifatida menga bir qancha jihatlar etishmayotgan edi. Ozgina sayohat qilish, kitob oʻqish yoki boʻsh vaqtingizda biron bir narsa qilish”, degan edi oʻshanda Merkel.
Bungacha siyosatchi Germaniya hukumati rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqqanidan soʻng Italiyaga qaytishini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring