Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo boʻlsin — Prezident

13:14 20 Dekabr 2022 Siyosat
854 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari kelasi yili “katta xususiylashtirish” boshlanishi, 1 mingga yaqin korxona savdoga chiqarilishini taʼkidladi.

«Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo boʻlsin. Odamlarimiz oʻz omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega boʻlsin.

Shuning uchun, topshiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklarimizni aksiyalari oʻz aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi.

Bu chinakam xalq IPOsi boʻlishiga ishonaman», - dedi Prezident.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlari jadallashtiriladi.

Umuman, 2023-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018-yilda 14 milliard dollar boʻlgan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер