“Men laʼnati Moskvaning markaziga zarba beraman” — Tramp Ukraina yuzasidan Putinga tahdid qilganini aytdi

12:50 21 Oktyabr 2024 Dunyo
342 0

Foto: Reuters

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “Ukraina ortidan quvsa” Moskvaga zarba berish bilan tahdid qildi. Tramp bu haqda “The Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

U bu muloqot qanday sharoitda boʻlganiga aniqlik kiritmadi, biroq Putin bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanligini qoʻshimcha qildi.

Trampning soʻzlariga koʻra, u Rossiya prezidentiga Ukraina tufayli Moskva markaziga kuchli hujum uyushtirishini aytgan.

“Vladimir, agar sen Ukrainani quvsang, men shunday kuch bilan zarba beramanki, hatto ishonmaysan. Men laʼnati Moskvaning markaziga zarba beraman. Men buni qilishni xohlamayman, lekin boshqa ilojim yoʻq”, — degan Donald Tramp.

Trampning taʼkidlashicha, Putin bunga “yoʻq” degan ibora bilan javob bergan. AQSH prezidentligiga nomzod bu muloqot qanday sharoitda boʻlganiga aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, u Putin bilan yaxshi doʻstona munosabatlarga ega ekanligini qoʻshimcha qilgan.

“Rossiya prezidenti mening aqldan ozganimni biladi”, — deya xulosa qiladi Tramp.

Siyosatchi allaqachon Putinga Rossiyaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytgan. Tramp 2022-yilda Pirs Morganga bergan intervyusida, agar u hali ham hokimiyatda boʻlsa, Rossiyaning Ukrainada “maxsus harbiy operatsiyasi”ni boshlashiga toʻsqinlik qila olishini aytgandi. Sobiq prezident Putinni davlat rahbari sifatida Ukrainadagi mojaro avj olgan taqdirda, Moskva jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.

2017-yil iyul oyida Putin va AQSHning oʻsha paytdagi prezidenti Tramp Gamburgda uchrashgan edi. Muloqot chogʻida Tramp Ukrainaga qurol yetkazib berish rejalarini maʼlum qilgan va Rossiya rahbaridan bu haqda qanday fikrda ekanligini soʻragan. Putin bu qadam xato boʻlishini aytgan. Oʻshanda AQSHning sobiq rahbari eʼtiroz bildirmagan.

Prezidentlar 2017-yil 28-yanvar kuni boʻlib oʻtgan ilk telefon suhbatida Ukraina mavzusini ham muhokama qilishgan. “The New York Times” gazetasi suhbatdoshlariga koʻra, Putin postsovet mamlakatidagi korrupsiya haqida gapirgan, Tramp esa vazminlik bilan munosabat bildirgan. U suhbatdoshining fikriga qoʻshilmagan, lekin Ukrainani ham himoya qilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер