Meksikada muhojirlarni olib ketayotgan avtobusning agʻdarilib ketishi oqibatida 17 kishi halok boʻldi
Foto: ER24EMS
Meksikaning Puebla shtatida muhojirlarni olib ketayotgan avtobusning agʻdarilib ketishi oqibatida 17 kishi halok boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi mahalliy departamenti rahbari Xulio Xuerta maʼlum qildi.
Avtobusda Markaziy Amerika davlatlari, Kolumbiya va Venesueladan kelgan 45 nafar noqonuniy muhojir boʻlgan.
Shifokorlar yana 13 nafar jabrlanganlarga yordam koʻrsatmoqda. Ulardan 5 nafarining ahvoli ogʻir deya baholanmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtobus AQSH bilan chegara atrofida harakatlanayotgan boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring