Matbuot fidoyilari OʻzJOKUning faxriy unvonlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (OʻzJOKU) kengashining qaroriga koʻra, bir guruh matbuot fidoyilari universitet hayotida oʻzining munosib hissasini qoʻshganliklari uchun faxriy unvonlar bilan taqdirlanishdi.

Jumladan, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri Oʻtkir Rahmat va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Koʻchimov faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.
Yozuvchi, jurnalist Xabib Temirov, “Abdulla Qodiriy” uy-muzeyi rahbari Xondamir Qodiriy esa faxriy dotsent unvoniga munosib koʻrildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring