“Mashʼal” futbolchilari paxta terimida qatnashdi
Muborakning “Mashʼal” klubi futbolchilari paxta terimida ishtirok etishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarda qayd qilinishicha, 1 oktyabr kuni jamoaning barcha aʼzosi Muborak tumaniga qarashli dalada paxta terimi zahmatkashlariga yordam berishdi. Yakunda jamoa 300 kilogramm paxta topshirib, yurt xirmoniga oʻz ulushini qoʻshgan.
“Mashʼal” klubi paxta yigʻim-terimidan tushgan pullarni dalaning oʻzidayoq naqd koʻrinishda olib, Muborak tumanidagi kam taʼminlangan oilalarga tarqatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring