Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tasdiqladi
Markaziy saylov komissiyasi majlisida 2023-yil 9-iyul kuni oʻtkazilgan prezident saylovi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzildi hamda saylov natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Jumladan, saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaga saylovchilarning 4,43 foizi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulugʻbek Inoyatovga 4,02 foizi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Abdushukur Hamzayevga 3,74 foizi yoqlab ovoz berilganligi bayonnomada aks ettirildi.
Qayd etilganidek, prezident saylovida saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki 79,88 foizi oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etib, oʻzi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring