Markaziy saylov komissiyasi maʼlum qiladi
2019-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumani “314-saylov uchastkasi”da saylovchilar tomonidan bir necha saylov byulletenini saylov qutisiga tashlashga harakat qilish holati tasvirga olingan videolavha” ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Olmazor tumanidagi “314-saylov uchastkasi” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini oʻtkazuvchi “142-Qoraqamish” saylov okrugi tarkibiga kirishi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini oʻtkazuvchi “142-Qoraqamish” okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, natijasiga koʻra hujjatlar Olmazor tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Shuningdek, “142-Qoraqamish” saylov okrugi hududidagi “314-saylov uchastkasi”da oʻtkazilgan ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan hamda saylov okrugi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovining natijalarini chiqarishda mazkur saylov uchastkasi natijalari chiqarib tashlangan holda boshqa saylov uchastkalari boʻyicha natijalar umumlashtirilgan.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring