Markaziy saylov komissiyasi eslatadi!
“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, “binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qoʻyilishi”ga oid majburiy talabni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi qonunlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 950-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga muvofiq binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun qolganida olib qoʻyilishi majburiy hisoblanmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring