“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” Birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi oʻz ishini boshladi
Qadimiy va navqiron Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” Birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi oʻz ishini boshladi.
Avval xabar berganimizdek, mazkur tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 4-aprel kuni boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ilgari surilgan edi.
Xalqaro muloqotda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevropa parlamenti aʼzolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida bugungi siyosiy muloqotning holati va uning kelgusi istiqbollari, “yashil” transformatsiya, oʻzaro iqtisodiy bogʻliqlik, raqamli makon xavfsizligi, inklyuziv boshqaruv hamda parlament diplomatiyasining zamonaviy ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan muhim sessiyalar oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring