“Mangu doʻstlik va qardoshlik” filmining Ozarbayjondagi suratga olish jarayonlari davom etmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan suratga olinayotgan “Mangu doʻstlik va qardoshlik” hujjatli filmida Ozarbayjon xalq artisti Tariyel Qasimov ham ishtirok etmoqda.
Aktyorni oʻzbek tomoshabinlari rejissyor Shuhrat Abbosovning “Olovli yoʻllar” filmidagi Mahmudali roli orqali yaxshi tanishadi.
Film ssenariy muallifi Abdusamad Salomov, rejissyor Eldor Mamedov, operator Samijon Sunnatillayev, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, kartina direktori Zuhra Poʻlatova.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring